Asosiy kontentga o'tish
ALPHAALPHA

Qabul

Alpha School va Alpha Academy'ga qabul jarayoni: bosqichlar, hujjatlar, muddatlar va ariza formasi.

Filiallar soni
7
Ta'lim tillari
3

Ko'p beriladigan savollar

  • Alpha School'da yotoqxona bormi?
    Ha, maktabimizda uzoqdan keladigan hamda qolib o'qishni afzal ko'radigan o'quvchilar uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy yotoqxona (pansion) mavjud. Yotoqxonada 24/7 xavfsizlik tizimi, tajribali murabbiylar nazorati hamda o'quvchilarning dam olishi va dars tayyorlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
  • To'lovni bo'lib to'lash imkoniyati bormi?
    Ha, albatta. Ota-onalarimizga qulaylik yaratish maqsadida o'quv to'lovlarini oylik, choraklik yoki yillik tartibda bo'lib to'lash imkoniyati taqdim etiladi.
  • Narx tez-tez o'zgarib turadimi?
    Yo'q, o'quv yili uchun tuzilgan shartnomada belgilangan to'lov summasi yil davomida o'zgarmaydi va fiksatsiyalangan holda qoladi.
  • O'qituvchilar darajasi va tajribasi qanday?
    Alpha School'da faqat ko'p yillik pedagogik tajribaga hamda xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo'lgan malakali mutaxassislar dars berishadi. Barcha o'qituvchilarimiz bir necha bosqichli qat'iy saralash va sinovlardan o'tgan pedagoglardir.
  • Maktabda necha mahal va qanday ovqat beriladi? Ular ishonchlimi?
    Maktabimizda kunduzgi ta'lim o'quvchilari uchun kuniga 3 mahal (nonushta, tushlik va ikkinchi tushlik), yotoqxonada qoladigan o'quvchilar uchun esa kechki ovqat ham qo'shilgan holda 4 mahal issiq va muvozanatlashgan taomlar beriladi.
  • Maktabda forma kiyish majburiymi?
    Ha, Alpha School'da o'quvchilar o'rtasida tenglik va tartib-intizom muhitini shakllantirish uchun maxsus belgilangan yagona maktab formasi kiyish majburiydir.
  • Chegirmalar bormi?
    Ha, bizda chegirmalar tizimi mavjud: bir oiladan ikki va undan ortiq farzand ta'lim olganda, shuningdek, yillik to'lov bir yo'la amalga oshirilganda va a'lochi/iqtidorli o'quvchilar uchun maxsus imtiyozli chegirmalar taqdim etiladi.
  • Farzandimning davomati va o'zlashtirishini qanday kuzatib borsam bo'ladi?
    Maktabimizda zamonaviy elektron platforma va mobil ilova yo'lga qo'yilgan. Ota-onalar shaxsiy kabinet orqali farzandining kunlik davomati, o'zlashtirish baholari, uy vazifalari va ustozlarning izohlarini onlayn tarzda kuzatib borishlari mumkin.

Ariza formasi

Telegram orqali ariza topshiring

Tugmani bossangiz, arizangiz Telegram’dagi rasmiy botimizda ochiladi. Bor-yo‘g‘i bir necha savol — telefon raqamingizni qo‘lda yozish shart emas, bitta tugma bilan yuborasiz. Oxirida ariza raqamingizni olasiz va filial administratori siz bilan bog‘lanadi.

Qaysi filialga ariza berasiz?

Filialni shu yerda tanlasangiz, bot uni qayta so‘ramaydi — anketa qisqaroq bo‘ladi.

Arizangiz faqat tanlagan filialingiz xodimlariga ko‘rinadi.

Savolingiz bormi?

Formani to'ldirishga shoshilmang — avval biz bilan bog'laning, hamma savolingizga javob beramiz.

Qabulga ariza berish